«ichki ishlar xodimlari» tegli maqolalar


Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi
15 aprel 2023, 12:28

Andijonda ichki ishlar xodimlari va fuqarolar mushtlashdi

Tarmoqlarda Shahrixon tumanida IIO xodimlari fuqarolar bilan mushtlashayotgani aks etgan video tarqaldi. Uch fuqaroga JKning 3 ta moddasi bilan hujjat rasmiylashtirildi. Xodimlarning harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Toshkentdagi maktablar va ularning atrofi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi
2 mart 2023, 15:02

Toshkentdagi maktablar va ularning atrofi ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘riqlanadi

Toshkentdagi barcha maktablarga ichki ishlar xodimlari biriktiriladi. Ular kun davomida muassasa hududi va uning atrofidagi ko‘chalarda patrullik qiladi. Poytaxt IIBBning qayd etishicha, bu ota-onalarning bola o‘g‘irlash haqidagi mish-mishlar bo‘yicha xavotirlariga javoban profilaktik chora hisoblanadi.

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»
9 dekabr 2022, 17:55

IIV: «Ortiqcha vaznga ega xodimlar 5−7 foizni tashkil qiladi»

IIV tizimidagi kadrlarning 5−7 foizi ortiqcha vaznga ega xodimlardan iborat. Muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilishi tufayli semiz xodimlar soni har yili kamaymoqda. Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, antropometrik ko‘rsatkichlari yuqori xodimlarga maxsus unvonlar berilmayapti, yuqori lavozimga tayinlanmayapti.

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi
23 may 2022, 12:04

«23:00 dan keyin yurish mumkin emas». Samarqandda turistlarga nisbatan elektroshoker qo‘llashdi

Samarqand IIB xodimlari bir nafar qozog‘istonlik va ikki nafar mahalliy turistga nisbatan elektroshoker qo‘llagan holda majburan bo‘limga olib borishdi. Videolarda xodimlar shaharda «Xavfsiz tun» tadbiri olib borilayotgani va soat 23:00 dan keyin ko‘chada yurish mumkin emasligi hamda ularga «reja» qo‘yilganini ta’kidlashgan. IIV «xodimlar xizmat vazifasi va maxsus-texnik vositalarni qo‘llash vakolatini suiiste’mol qilganini» ma’lum qildi.

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda
23 may 2022, 10:14

Samarqand va Namanganda ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda

Samarqand va Namangan viloyatlarida ichki ishlar xodimlari fuqarolarni qasddan aybdor qilishga uringani aytilmoqda, buning isboti esa video lavhalarda aks etgan. Samarqandda ichki ishlar xodimi ayol kishini prokuratura binosidan chiqarishga urinayotganida o‘z qo‘li bilan xizmat kiyimidagi pogonini yulib tashlagan, buning uchun esa sud ayolni aybdor deb topgan. «Ezgulik» jamiyati tergov va sud ishi qonunga zid olib borilganini aytmoqda. Namangandagi holatda esa YPX xodimi haydovchi bilan tortishib, unga boshi bilan zarba bergan, inspektorga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Toshkentda ichki ishlar xodimlari kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol 10 sutkaga qamaldi
22 aprel 2021, 14:17

Toshkentda ichki ishlar xodimlari kiyimida makulatura terib yurgan erkak va ayol 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda ichki ishlar organlari xodimlarining formasini kiyib makulatura to‘plab yurgan erkak va ayolga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Xorazmda qimor o‘ynayotganda ushlangan shaxslar IIB xodimlarini kuch ishlatganlikda ayblamoqda
4 sentabr 2020, 20:58

Xorazmda qimor o‘ynayotganda ushlangan shaxslar IIB xodimlarini kuch ishlatganlikda ayblamoqda

Xorazm viloyati Shovot tumanida ichki ishlar xodimlari qimor o‘ynayotgan 21 nafar fuqaroni qo‘lga olgan va qimorga tikilgan 43 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi pullar musodara qilingan. Qo‘lga olinganlardan bir necha nafari ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llab, o‘zlariga nisbatan kuch ishlatilganligini iddao qilgan va tanalaridagi jarohatlarni ko‘rsatishgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting